TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Poytaxtda 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referundum munosabati bilan metroning barcha bekatlari soat 05:00 dan ish boshlaydi, deya xabar berdi Toshkent metropoliteni.
Shuningdek, bu kunda yo‘nalishlarda poyezdlar harakati ish kunlari uchun tasdiqlangan doimiy jadval asosida tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston bo‘ylab referendum uchastkalari soat 8.00 dan 20.00 gacha ochiq bo‘ladi.