TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Qozog‘istonning "FlyArystan" loukoster aviakompaniyasi iyul oyida Ostonadan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysni yo‘lga qo‘yadi, deya xabar berdi aviakompaniya.
Qayd etilishicha, 3-iyuldan boshlab Ostona va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi. Parvozlar qulay Airbus A320 samolyotlarida dushanba va chorshanba kunlari amalga oshiriladi.
Chiptalar narxi 21 800 tengedan (544 ming so‘m) boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq uzoq tanaffusdan so‘ng Qozog‘istonning “FlyArystan” loukoster aviakompaniyasi Olmaotadan Samarqandga parvozlarni qayta tikladi. Bu yo‘nalishdagi parvozlar haftasiga ikki marta — chorshanba va shanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.