TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Oksana Chusovitina va Dildora Aripova Qohirada o‘tayotgan Jahon kubogi finaliga yo‘l oldi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Misr poytaxtida sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqich bellashuvlari boshlandi.
Chusovitina i Aripova vishli v final Kubka mira v Kaire
© Natsionalniy olimpiyskiy komitet Uzbekistana
Birinchi kun bahslari yakuniga ko‘ra, Oksana Chusovitina tayanib sakrash, Dildora Aripova esa turli balandlikdagi bruslarda mashq dasturida final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Chusovitina i Aripova vishli v final Kubka mira v Kaire
© Natsionalniy olimpiyskiy komitet Uzbekistana
“Afsuski, yigitlar hali final yo‘llanmasiga ega chiqishmadi. Bugun saralash bosqichining ikkinchi kun bahslari davom etadi”, - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, mazkur bosqich orqali sportchilar Belgiyada o‘tadigan jahon chempionati yo‘llanmasi uchun qimmatli reyting ochkolarini jamg‘arishmoqda.
Antverpen shahri mezbonlik qiladigan dunyo birinchiligida esa Parij-2024 Olimpiadasining litsenziyalari o‘ynaladi.