TOShKENT, 28 apr — Sputnik. O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 3 ta medalga sazovor bo‘lishdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Qizlar o‘rtasidagi uzunlikka sakrash dasturida Sharifa Davronova, yigitlar o‘rtasidagi yadro uloqtirish sektorida esa Abduazim Rahmatulloyev kumush medallarga sazovor bo‘lishdi.
Legkoatleti Uzbekistana zavoyevali pervie medali ChA
© Natsionalniy Olimpiyskiy Komitet Uzbekistana
Uzunlikka sakrash, qizlar:
1.
Binbin Vu (Xitoy) – 6.41 metr2.
Sharifa Davronova (O‘zbekiston) – 6.223.
Muhammed Mubassina (Hindiston) – 5.90Legkoatleti Uzbekistana zavoyevali pervie medali ChA
© Natsionalniy Olimpiyskiy Komitet Uzbekistana
Yadro uloqtirish, yigitlar:
1.
Sixun Park (Janubiy Koreya) – 20.11 metr2.
Abduazim Rahmatulloyev (O‘zbekiston) – 17.473.
Abdulrahmon Al Qahtoni (Quvayt) – 17.42Tretya nagrada ChA po logkoy atletike
© Natsionalniy Olimpiyskiy Komitet Uzbekistana
Qizlar o‘rtasida 1500 metrga yugurish dasturida startga chiqqan Maftuna Ahmedova uchinchi bo‘lib marraga yetib keldi va bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, kecha O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasining stadionida ushbu sport turi bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida qit’a birinchiligiga start berildi. Musobaqa 30-aprelga qadar davom etadi. Unda Osiyoning 40 ta davlatidan 500 nafardan ziyod sportchi g‘oliblik uchun kurash olib boradi.