Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Doneskda Ukraina raketasi avtobusga kelib tushishi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi

Ukraina armiyasi o‘qqa tutishi oqibatida o‘n nafardan ziyod kishi jarohatlangan.
Sputnik
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari snaradining Doneskdagi avtobusga kelib tushishi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda shahar meri Aleksey Kulemzin ma’lum qildi.
“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, sobiq “Ukraina” universami hududida yetti kishi halok bo‘ldi – 25-sonli yo‘nalishli taksiga snarad kelib tushgan. Ma’lumot tekshirilmoqda”, - deya yozdi u o‘zining Telegram-kanalida.
DXR rahbari vazifasini bajaruvchi Denis Pushilin Doneskning markaziy tumanlarining Ukraina armiyasi tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida o‘n nafardan ziyod kishi jarohatlanganini xabar qildi.
“Respublika travmatologiya markazida o‘n nafardan ziyod yarador, jumladan, bir nafar markaz xodimi ”, - deya yozdi Pushilin o‘zining Telegram-kanalida.
Juma, 28-aprel kuni, Ukraina harbiylari ikki yarim soat ichida Doneskni to‘rt martta o‘qqa tutishdi. Bunda ular zalp bilan o‘t sochuvchi tizimlardan foydalanishdi. Jami 32 ta snarad otilgan.