TOShKENT, 28 apr — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasining jahon chempionatida ishtirok etadigan tarkibi aniq bo‘ldi, deya xabar berdi O‘zbekiston boks federatsiyasi.
Toshkentda 30-aprel - 14-may kunlari ilk bor kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.
Terma jamoa murabbiylar shtabi jahon chempionatida O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan 13 nafar bokschi nomini aniqlab oldi.
Chempionatda ishtirok etuvchi bokschilar:
-48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov
-54 kg: Oybek Jo‘rayev
-57 kg: Abdumalik Xalokov
-60 kg: Mujibillo Tursunov
-63,5 kg: Ruslan Abdullayev
-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev
-71 kg: Saidjamshid Jafarov
-75 kg: A’loxon Abdullayev
-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev
-86 kg: Shohjahon Abdullayev
-92 kg Lazizbek Mullojonov
+92 kg: Bahodir Jalolov
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ilk bor erkaklar o‘rtasida boks bo‘yicha jahon chempionati -48, -51, -54, -57, -60, -63,5, -67, -71, -75, -80, -86, -92, +92 kg ko‘rsatkichlarida jami 13 ta vazn toifasida o‘tkaziladi. Unda jahonning 100 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan boks jamoalari vakillari, IBA rahbariyati, O‘zbekiston rasmiylari ishtirok etadi.