TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlarining ellikta “donor davlati”ning Ramshtayn aviabazasidagi uchrashuvlari UKQga jangovar kudrat qo‘shmasligi aniq. AQSh Kongressining 1991-yilgi chegaralarini qaytarish orqali “Ukrainaning to‘liq g‘alabasini qo‘llab-quvvatlash” to‘g‘risidagi virtual rezolyutsiyasi, G‘arbning Rossiyaga qarshi barcha daxmazasi – Artyomovskdagi Ukraina qo‘shinlarining strategik mag‘lubiyatiga aylantirilmoqda. Shundan so‘ng Kiyev rejimining qulashi va AQShning “Ukraina loyihasi” nihoyasiga yetishi istiqbollari ochiladi.
Vashington va Kiyev jang maydonida “Rossiya ustidan g‘alaba qozonish” variantlarini, UQK ning asosiy va qo‘shimcha “yurishlari” yo‘nalishini muhokama qilayotgan bir paytda, Rossiya kuchlari Ukraina armiyasi 60 mingdan ortiq harbiy xizmatchilarini yo‘qotgan Artyomovskni ozod qilishni yakunlamoqda. UQK bo‘linmalari hanuzgacha g‘arbiy chegaralarni (shahar hududining 10 foizdan kamrog‘i) ushlab turishga harakat qilmoqda. Rossiya hujum otradlari kuniga ikki yoki uch kvartallarni tozalamoqda.
Yo‘qotishlar shunchalik kattaki, Ukraina Bosh shtabi Artyomovsk, Avdeyevka va Ugledarning mudofaa taktikasini zudlik bilan o‘zgartirishga harakat qilmoqda. Bu hududlar asosiy aholi yashovchi hududlar bo‘lib, Rossiyaning bombalari UQK ning pozitsiyalari va obyektlarini shunchaki yo‘q qilmoqda. Asosiy e’tibor – razvedka kvadrokopterlaridan foydalanishga qaratilgan. Yuqoridan kuzatuv “tuzoqdagi yirtqichga”ga “qarshi hujum”ni amalga oshirishi uchun qay darajada yordam beradi? Savol ritorikdir. Rossiyaning radioelektron urush tizimlari Ukraina uchuvchisiz uchish asboblarini "ko‘r" qiladi.
Ukraina qo‘mondonligi hujum operatsiyalari uchun kuch va vositalar yetarli emasligini tushunmoqda. Odam soni va texnika borasida kamchilik, artilleriya snaradlari, havodan qo‘llab-quvvatlash va havo mudofaasining yetishmasligi – UQKning har qanday “qarshi hujumi” ni ommaviy o‘z joniga qasd qilish harakatiga aylantiradi. Tanlov esa yo‘q.
Kiyev rejimi qandaydir kutilmagan harakatlarga umid qilmoqda. “Azov” terrorchilik guruhi qo‘mondoni Bogdan Krotevich "The Washington Post" muxbiriga ma’lum qilishiga ko‘ra, “qarshi hujum” jarayonida Ukraina Rossiya bilan chegaradosh kichik shaharlarni Ukraina hududi bilan almashtirish maqsadida egallab olishi mumkin.
G‘arbda Ukraina bahorgi qarshi hujumning uchta asosiy ssenariysi (yo‘nalishi) ko‘rib chiqilmoqda. Kiyev manbalari may oyining birinchi yarmida UQKning “qarshi hujumi” boshlanishini bashorat qilmoqda. Buning uchun 12 ta yangi mexanizatsiyalashgan brigadalar (jami 50 000 ga yaqin harbiy xizmatchilar) tayyorlangan va qisman G‘arb zirhli texnikalari bilan qurollantirilgan. Pentagon bir necha yuzlab ishlatilgan Yevropa tanklari va Amerika zirhli transportorlari rus armiyasini darhol ortga chekinishiga sabab bo‘ladigan Ukrainaning “mo‘’jizaviy qurol”i bo‘lishiga umid qilmoqda. AQShning Rossiyadagi sobiq elchisi va NATO ning oliy mansabdor shaxsi Aleksandr Vershbou “Hammasi qarshi hujumga bog‘liq”, degan fikrni bildirdi.
Shu bilan birga, Oq uy Ukrainaning samarasiz harakatlari oqibatlaridan xavotirda. AQShning Yevropadagi ittifoqchilari UQK “qarshi hujumi” muvaffaqiyatiga ishonmayapti. UQKning Polsha chegarasigacha “qarshi chekinishi” uchun barcha asoslar mavjud. “Front” ning beqarorligini hatto Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy ham tan oladi.
“Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojinning fikricha, UQK Artyomovsk Rossiya kuchlari tomonidan to‘liq ozod qilinganidan so‘ng darhol faollashadi. Ukraina qo‘shinlari Artyomovskning janubi va shimoliga zarba berish maqsadida Slavansko-Kramatorsk aglomeratsiyasi hududiga asosiy e’tiborni qaratmoqda. Biroq, rus qo‘shinlarining maxsus harbiy operatsiya hududida miqdoriy va sifat jihatidan ustunlik qiladi, Avdeyevka, Seversk, Svatovo, Kremennaya, Marinka, Ugledar, Konstantinovka va Drujkovka hududlarida dushmanning askarlari, obyektlari va mustahkamlangan hududlari, arsenallari va omborlarini samarali yo‘q qiladi.
Ukraina hujumidan keyin Rossiyaning chekinishi ehtimoli nolga teng. Vashington va Kiyevga yana bir xavotirli harbiy-siyosiy belgi– Xitoyning Parijdagi elchisi Lu Shayening yaqinda Qrim tarixan Rossiya hududi ekanligi, sobiq SSSR respublikalari esa xalqaro huquq nuqtayi nazaridan samarali maqomga (suverenitet) ega emasligi haqidagi bayonoti bo‘ldi. G‘arbda vahima boshlandi, chunki 1991-yilgi chegaralar G‘arb kutganidek emas, balki 1991-yilning birinchi yarmidagi holatiga qaytishi mumkin.