O‘zbekistonlik yoshlar Saudiya Arabistonida o‘tkaziladigan Misk global forumiga taklif qilindi

Sa’dullayevga ko‘ra, hamkorlikda yoshlarni iqtisodiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazishga ham kelishib olingan.
Sputnik
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev 26-aprel kuni Saudiya Arabistoni Iqtisodiyot va rejalashtirish vazirining yoshlar masalasi bo‘yicha maslahatchisi Othman Almoamar bilan uchrashdi. Bu haqda Sa’dullayev Telegram kanalida xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Othman Almoamar o‘zbekistonlik yoshlarni Saudiya Arabistonida o‘tkaziladigan navbatdagi Misk global forumiga taklif qilgan.

Sa’dullayevga ko‘ra, hamkorlikda yoshlarni iqtisodiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazishga ham kelishib olingan.