Rossiya mojaroning tugashini yaqinlashtiradigan hamma narsani olqishlaydi — Peskov

Peskov Si Szinpinning Zelenskiy bilan suhbati haqida: biz mojaro yakunini yaqinlashtiradigan hamma narsani olqishlaymiz.
Sputnik
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Rossiya Ukrainada tinchlikka erishish va maxsus harbiy operatsiya maqsadlarini yaqinlashtiradigan hamma narsani olqishlashga tayyor. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Peskov jurnalistlarning Kreml Xitoy rahbari va Zelenskiy o‘rtasidagi suhbatni qanday baholayotgani va bunday muloqot Ukrainadagi mojaroning yakunini qanchalik yaqinlashtirishi mumkinligi haqidagi savoliga javob berdi.
Dmitriy Peskov XXR raisi Si Szinpin va Vladimir Zelenskiyning yaqinda bo‘lib o‘tgan telefon muloqotini izohlar ekan, u Rossiya mojaro yakunini yaqinlashtiradigan hamma narsani olqishlashini qayd etdi.

“Biz Ukrainadagi mojaroga barham beradigan va Rossiyani o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga yetkazadigan barcha harakatlarni yoqlaymiz va biz buni olqishlashga tayyormiz”, - dedi u.

Chorshanba kuni Si Szinpin Zelenskiy bilan telefon orqali suhbatlashdi. Suhbatdan so‘ng Ukraina rahbari suhbat uzoq va mazmunli bo‘lganini ta’kidladi. Shuningdek, Ukrainaning Xitoydagi elchisini tayinlanganini ham ma’lum qildi.
Suhbat chog‘ida XXR rahbari Xitoy Ukraina inqirozini siyosiy yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha batafsil fikr almashish uchun Ukraina va boshqa mamlakatlarga Yevroosiyo masalalari bo‘yicha maxsus hukumat vakilini yuborishini aytdi.