TOShKENT, 27 apr — Sputnik. "Akkuyu" Moskva va Anqara o‘rtasidagi eng muhim loyiha, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiyaning birinchi atom elektr stansiyasiga yadro yoqilg‘isini yetkazib berish marosimida.
“Bu Rossiya va Turkiya orasidagi eng muhim loyiha bo‘lib, u ham o‘zaro iqtisodiy manfaat keltiradi, balki, albatta, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro hurmat qilish va bir-birining manfaatlarini hisobga olish tamoyillariga asoslangan ko‘p qirrali sheriklikni mustahkamlashga yordam beradi", - dedi Rossiya prezidenti.
Yadroviy yoqilg‘i yetkazib berish marosimida, shuningdek, Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) bosh direktori Rafael Grossi, Rosatom davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachov, Turkiya energetika va tabiiy resurslar vaziri Fatih Do‘nmez ishtirok etishdi.