TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Samarqandda eshkak eshish bo‘yicha yoshlar va paralimpiya yo‘nalishlaridagi Osiyo chempionatining ikkinchi kun tonggi dasturida o‘zbekistonlik sportchilar 10 ta medal qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Musobaqada startga chiqqan o‘zbekistonlik sportchilar 5 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Oltin medal:
K1 1000 metr: Denis Onufriyev (U23);
S1 1000 metr: Vladlen Denisov (U23);
K1 500 metr: Arina Tanatmisheva (U23);
VL3 500 metr: Shahzoda Mamadaliyeva (paralimpiya);
S2 200 metr: Mirjalol Kamilov, Kamronbek Ahtamov (U23).
Kumush medal:
S4 500 metr: Behruz Ergashev, Azizbek Hasanov, Og‘abek Nuriddinov, Aslbek To‘xtanazarov (yoshlar);
KL2 500 metr: Azizbek Abdulhabibov (paralimpiya);
VL2 500 metr: Irodaxon Rustamova (paralimpiya).
Bronza medal:
S1 1000 metr: Humoyunmirza Maqsudov (yoshlar)
KL3 500 metr: Hasan Qo‘ldoshev (paralimpiya).
Osiyo chempionati 26-30 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Eron, Iroq, Hindiston, Xitoy Taipeyi, Gonkong, Tailand, Indoneziya kabi mamlakatlardan 400 nafar sportchi ishtirok etmoqda.