Mirziyoyev Vengriya iqtisodiy rivojlanish vazirini qabul qildi

Yaqin oylarda O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yiladi.
Sputnik
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi Xalqaro investitsiya forumi doirasida Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nadni qabul qildi.
Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishning birinchi galdagi chora-tadbirlari muhokama qilindi.
Tadbirkorlar va hududlar darajasidagi kooperatsiyani tubdan kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

“Yaqin oylarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish, chuqurlashgan sanoat kooperatsiyasi uchun mo‘ljallangan tuzilma shartlarini tez fursatda kelishish va faoliyatini boshlash muhim ekani ta’kidlandi”, - deyiladi xabarda.

Qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, transport va kommunikatsiyalar, samarali moliyaviy vositalarni yaratish borasidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish ishlarini tezlashtirishga kelishib olindi.