Maksim Reshetnikov Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi

Reshetnikov forumning “MDH mamlakatlari iqtisodiy hamkorligining chuqurlashishi istiqbollari” panel sessiyasida nutq so‘zlaydi.
Sputnik
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida (TIIF-2023) ishtirok etadi. Bu haqda Sputnik muxbiriga Rossiya iqtisodiy rivojlanish vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Reshetnikov 28-aprel kuni “MDH mamlakatlari iqtisodiy hamkorligining chuqurlashishi istiqbollari” panel sessiyada nutq so‘zlaydi.
27 aprel kuni O‘zbekiston poytaxtida ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi boshlandi. Tadbirda 70 ta mamlakatdan kelgan 2,5 mingga yaqin ishbilarmon doiralar va bank-moliya sohasi vakillari ishtirok etmoqda. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev forumning yalpi majlisida nutq so‘zladi.
Yurtimizdagi yutuqlaringizni shaxsan kafolatlashga tayyorman – Mirziyoyev xorijiy tadbirkorlarga