TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Yevropa Rossiya bilan yaqinroq aloqalarni o‘rnatishdan bosh tortganidan afsusda. Bu haqda Irlandiya parlamenti deputati Mik Uolles "China Today" nashriga ma’lum qildi, deya yozmoqda RIA Novosti.
"Yevropa og‘ir sinovga duch kelmoqda. Biz Rossiyaga yaqinlashishdan voz kechib, o‘zimizga katta zarar yetkazdik", - dedi u.
Parlamentariyning fikricha, NATOning sharqqa tomon kengayishi mintaqani beqarorlashtirgan va Yevropa Ittifoqi bu jarayonning oldini olishi kerak edi. Biroq buning o‘rniga Yevropa tobora harbiylashtirilmoqda.
Uolles bu tendensiyani aqldan ozgan, NATO esa tinchlik va xavfsizlik ishiga hech qanday aloqasi bo‘lmagan harbiy mashina deb atadi.