TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Buxoro viloyatining G‘ijduvon va Peshku tumanlarida 2 ta yirik shamol elektr stansiyalari quriladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Shamol elektr stansiyalarini qurish loyihasi bo‘yicha Saudiya Arabistoni va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida 174 mln dollar miqdorida zayom bitimlari imzolandi.
Mazkur stansiyalarda umumiy quvvati 1 GVt bo‘lgan 158 ta shamol trubinalari o‘rnatish orqali yiliga 3,6 milliard kVt∙soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Shuningdek, ularning ishga tushirilishi natijasida yiliga 1,1 mlrd metr kub tabiiy gaz tejaladi va atmosferaga 1 mln tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinadi.
“Stansiyalar to‘liq ish boshlagach, Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yirik shamol energiyasi loyihasiga aylanadi”, deyiladi xabarda.
Loyihalar 2024-yilning yakuniga ishga tushishi rejalashtirilgan.