Amerikalik polkovnik Zelenskiyni ogohlantirdi

Amerikalik polkovnik Makgregor Zelenskiyni muloqotdan bosh tortish oqibatlari haqida ogohlantirdi.
Sputnik
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Moskva bilan muzokaralardan bosh tortishi kelajakda uning lavozimidan chetlatilishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda Pentagon rahbarining sobiq maslahatchisi polkovnik Duglas Makgregor ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.

"Zelenskiy qiyin savolga duch keldi: u endi nima qilishi kerak, chunki so‘nggi tomchi nima bo‘lishi va uning hokimiyatni yo‘qotishiga olib kelishini aytish qiyin", - dedi u.

Harbiyga ko‘ra, agar Ukraina rahbari o‘z ritorikasini o‘zgartirmasa, bu uning siyosiy faoliyatiga uzoq muddatda zarba berishi mumkin. Shu bilan birga, Makgregorning fikricha, hozirgi bosqichda Rossiya bilan muzokaralar Kiyev uchun katta yo‘qotishlarning oldini olishning yagona yo‘li bo‘lishi mumkin.
Polkovnik, shuningdek, hozir Ukraina rahbari o‘z taqdiri, jumladan, suiqasd qilishga urinishlari mumkinligidan juda xavotirda ekanligini ta’kidladi.