TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Ta’mirlash ishlari sababli bugun poytaxtning Yunusobod tumanining ayrim joylarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. Bu haqda "Hududgaz Poytaxt" gaz ta’minoti filiali ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Yunusobod tumani Qoronko‘l va Yangishahar ko‘chalaridagi o‘rta bosimli d-76mm gaz quvuri ta’mirlanadi.
Shu tufayli 26-aprel kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar quyidagi tabiiy gaz iste’molchilarida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Aholi va ulgurji iste’molchilari:
"Yunusobod" MFY hududidagi jami 65 ta uy xo‘jaliklarida hamda mahalladagi 3 ta ulgurji iste’molchilarida.
Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.