TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Rossiya Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISIS”ning Olmaliq shahridagi filialida III Yoshlar ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Konferensiya ikki bosqichda o‘tkazildi, birinchi bosqichda talabalar turli yo‘nalishlar bo‘yicha seksiyalar sessiyalarida taqdimotlar qildi, universitet mutaxassislari bo‘lajak olimlarning ishlarini baholadi.
Ikkinchi bosqichda talabalar interfaol texnologiyalardan foydalangan holda o‘zlarining ilmiy ma’ruzalarini taqdim etdi.
Seksiya majlislari quyidagi to‘rtta yo‘nalishda bo‘lib o‘tdi:
tog‘-kon sanoatida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tog‘-kon uskunalarini rivojlantirish istiqbollari;
zamonaviy metallurgiyaning rivojlanish tendensiyalari va istiqbollari. Kelajak materiallarini olish texnologiyasi;
barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun axborot texnologiyalari;
matematik modellashtirish va tabiiy fanlar. Muhandislik mutaxassisliklari talabalari uchun zamonaviy ta’lim va ingliz tilini o‘qitish.
Seksiya majlislarida 85 ta ma’ruza tinglandi va muhokama qilindi.
Yalpi va seksiya majlislaridagi taqdimotlar natijalariga ko‘ra, eng qiziqarli ma’ruzalar muallifi bo‘lgan 27 nafar talaba 1, 2, 3 darajali diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.