Qirg‘izistonda kapital ta’mirlangan o‘zbek musiqa va drama teatri ochildi - foto

O‘zbekiston Qirg‘izistonning O‘sh shahrida joylashgan o‘zbek musiqa va drama teatrini ta’mirlash ishlari uchun uchun jami 5 million dollar ajratgan.
Sputnik
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Qirg‘izistonning O‘sh shahrida joylashgan o‘zbek musiqa va drama teatri kapital ta’mirdan chiqdi. Bu haqda mamlakat Vazirlar Mahkamasi xabar berdi.
Bobur nomidagi O‘sh davlat akademik o‘zbek musiqa va drama teatri kapital ta’mirdan so‘ng foydalanishga topshirildi.
V Kirgizstane otkrili Oshskiy gosudarstvenniy akademicheskiy uzbekskiy muzikalno-dramaticheskiy teatr imeni Babura
Uning tantanali ochilish marosimida Qirg‘iziston Vazirlar mahkamasi raisi o‘rinbosari Edil Baysalov va O‘zbekiston madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligidagi delegatsiya shuningdek, “Turksoy” xalqaro tashkiloti bosh kotibi Sulton Rayev ishtirok etdi.
V Kirgizstane posle kapremonta otkrili uzbekskiy dramteatr
Teatrni rekonstruksiya qilish ishlari 2021-yil 5-sentabrda boshlangan. O‘zbekiston loyihaga jami 5 million dollar ajratgan.
V Kirgizstane posle kapremonta otkrili uzbekskiy dramteatr
“Birgalikda, madaniyatlar va iqtisodiyotlarni o‘zaro boyitish orqali nafaqat umumiy madaniyatimiz, tilimiz va o‘zligimizni himoya qilishimiz, balki jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashimiz, birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan farovon davlatlar barpo etishimiz mumkin”, — dedi Edil Baysalov.
V Kirgizstane posle kapremonta otkrili uzbekskiy dramteatr
Ozodbek Nazarbekov o‘z navbatida bu madaniyat maskani yana asrlar davomida shu ikki qardosh xalqqa xizmat qilishini tiladi.
Qayd etilishicha, teatr ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va uzoqni ko‘ra bilishi tufayli erishilgan tarixiy yaqinlashuv hamda Qirg‘iziston va O‘zbekiston xalqlari o‘rtasidagi o‘ziga xos iliq munosabatlar davrida ishga tushirildi.
V Kirgizstane posle kapremonta otkrili uzbekskiy dramteatr