TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Rossiya rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
"Hozir biz O‘zbekiston prezidenti Mirziyoyev bilan telefon muloqoti yakunlari bo‘yicha hisobot tayyorlayapmiz. Shuningdek, ancha batafsil va juda iliq suhbat bo‘ldi", — dedi Peskov.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, ikki prezident o‘rtasidagi muloqot tafsilotlari keyinroq ma’lum qilinadi.