Innoprom — 2023

O‘zbekiston litiy qazib olishni boshlamoqchi

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Toshkent viloyatidagi "Shovozsoy" litiy koni zaxiralari 123 ming tonnadan oshadi.
Sputnik
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. O‘zbekiston mamlakatda litiy qazib olishni boshlashga tayyorlanmoqda. Bu haqda respublika tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari A’zam Qodirxo‘jayev ma’lum qildi.
“O‘zbekistonda yirik litiy koni joylashgan, biz ushbu metallni mamlakatda qazib olish va qayta ishlashni yo‘lga qo‘yishga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz”, - Qodirxo‘jayev “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasidagi sessiyada nutq so‘zlayotib. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
U vazirlik umuman mamlakatda "texnologik metallar" deb ataladigan sohani rivojlantirishni istiqbolli yo‘nalish deb hisoblashini ta’kidladi.
Vazirlik mutaxassislari hisob-kitoblariga ko‘ra, Toshkent viloyatidagi "Shovozsoy" litiy koni zaxiralari 123 ming tonnadan oshadi.