Innoprom — 2023

Rossiya O‘zbekistonga ko‘chma bolalar texnoparkini sovg‘a qildi — u qanday imkoniyatlarga ega?

Ko‘chma texnopark 3,5 tonnalik bosh avtomobil va ikki o‘qli furgon tirkamasidan iborat. Salonning balandligi 1,9 metrni tashkil etadi, bu esa qulay sharoitlarda mashq qilish imkonini beradi.
Sputnik
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo" ko‘rgazmasida Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyati Buxoro viloyatiga “Kvantorium” ko‘chma bolalar texnoparkini taqdim etdi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Xalqaro sanoat ko‘rgazmasida Nijniy Novgorod viloyati gubernatorining o‘rinbosari Andrey Sanosan bolalar uchun yangicha ta’lim faoliyatiga mo‘ljallangan yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlangan “Kvantorium” ko‘chma bolalar texnoparki Buxoro viloyati hokimligiga sovg‘a sifatida topshirdi.
Yeshe odno vajnoe sobitie - "INNOPROM. Vistavka "Sentralnaya Aziya" nachala svoyu rabotu.
Ko‘chma texnopark 3,5 tonnalik bosh avtomobil va ikki o‘qli furgon tirkamasidan iborat. Salonning balandligi 1,9 metrni tashkil etadi, bu esa qulay sharoitlarda mashq qilish imkonini beradi.
Yeshe odno vajnoe sobitie - "INNOPROM. Vistavka "Sentralnaya Aziya" nachala svoyu rabotu.
“Kvantorium” mobil texnoparkining bir guruh ustoz va murabbiylari o‘tgan yili Buxoro viloyatida bo‘lib, yoshlar o‘rtasida o‘quv amaliy trening mashg‘ulotlarini o‘tkazishgan edi.
Nijniy Novgorod viloyati hukumati matbuot xizmati ma’lum qilishicha, 2400 dan ortiq bolalar va 900 ga yaqin o‘qituvchilar mashg‘ulotlarda ishtirok etishgan.

“Bunday hamkorlik Nijniy Novgorod ta’lim texnologiyalarini eksport qilishning ajoyib namunasidir. Ishonchimiz komilki, mobil texnoparkimiz yordamida Buxoro maktablarida ta’lim yanada mazmunli va qiziqarli bo‘ladi”, - deyiladi Nijniy Novgorod hukumati xabarida.

“Kvantorium” texnoparki qo‘shimcha ta’limning yangi shakli bo‘lib, bolalarning fan va texnologiyaga qiziqishini rag‘batlantiradi, ularga zamonaviy texnologiyalar bilan tanishish va kelajakdagi kasbni tanlash imkoniyatini beradi.
Yeshe odno vajnoe sobitie - "INNOPROM. Vistavka "Sentralnaya Aziya" nachala svoyu rabotu.
Texnopark asosida bolalar "soft skills", ya’ni “yumshoq ko‘nikmalar”ni shakllanishiga ega bo‘lishadi. Shuningdek, loyiha faoliyatida jamoaviy ishlash, ijodiy va tanqidiy fikrlashni o‘rganishadi.
Bolalar ko‘chma texnoparki shahar markazlaridan olis, borish qiyin va qishloq joylarda joylashgan maktab va kollejlarda o‘quv jarayonini yuqori texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etish uchun mo‘ljallangan.
Kvantorium jihozlari dizayn, modellashtirish, sanoat dizayni, robototexnika, axborot texnologiyalari, shu jumladan, virtual haqiqatdan foydalanish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish, shuningdek, muhandislik bo‘yicha o‘quv dasturlarini amalga oshirish imkonini beradi.
Loyiha informatika va axborot texnologiyalari o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish uchun ham foydali.
“GAZel Next Citiline" avtomobili asosidagi mobil kompleks korroziyaga uchramaydigan va ultrabinafsha nurlanishiga chidamli kompozitsion materiallardan tayyorlangan.
"Kvantorium" kabinasi avtonom elektr ta’minoti, isitish va konditsioner tizimlari bilan jihozlangan.