TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi (CAFA) milliy terma jamoalar o‘rtasida ilk bor o‘tkaziladigan musobaqaga qur’a tashlandi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) xabar berdi.
O‘zbekiston “A" guruhida Tojikiston, Turkmaniston va taklif qilingan O‘mon jamoalariga qarshi bahs olib boradi. "B" guruhida Eron, Qirg‘iziston va Afg‘oniston o‘zaro kuch sinashadi.
"A" guruhi bahslari (11, 14 va 17-iyun) Toshkentda, "B" guruhi o‘yinlari (10, 13 va 16-iyun) esa Bishkekda bo‘lib o‘tadi. Guruhlarda birinchi o‘rinni olgan jamoalar finalda, ikkinchi o‘rin egalari uchinchi o‘rin uchun kurashishadi. Final va 3-o‘rin uchun o‘yinlari Toshkentda bo‘ladi.