TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Maxsus harbiy operatsiya o‘tkazish – bu NATO kengayishiga Rossiya javobi, chunki raqiblar faqat kuch tilini biladi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ma’lum qildi.
“Biz nima qilishimiz mumkin (NATOning kengayishiga javoban)? Biz allaqachon qilyapmiz. Maxsus harbiy operatsiya NATOning uzluksiz kengayishiga bizning javobimizdir”, - dedi Medvedev “Znanie” (“Bilim”) marafonida nutq so‘zlayotib.
“Raqiblarimiz faqat kuch tilini tushunishadi, kuch tilidan boshqa hech narsani eshitishni, tushunishni xohlashmaydi”, - dedi Rossiya Xavfizlik kengashi raisi o‘rinbosari.
Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb mamlakatlari Rossiya bilan teng sherikchilikni istashmaydi, “ular faqat ustun bo‘lishni xohlashadi”.
“Shu bois yana bir marta takrorlayman: ular faqat kuchni tushunishadi, va ularga faqat kuch qarshi qo‘yilishi kerak. Faqat o‘shanda NATOning cheksiz, uzluksiz kengayishi haqidagi niyatlariga, Rossiyani yangi va yangi harbiy bazalar bilan o‘rab olish, bizning chidamligimizni sinash, qurol-yarog‘ jo‘natishlarga barham beriladi”, - dedi u.