Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Maxsus operatsiya: 25-aprelning asosiy voqealari

Artyomovskda Ukraina Qurolli kuchlari qo‘shimcha harbiy yordam evaziga mudofaani kuchaytirdi. Rossiya harbiylari shaxsiy tarkibni asragan holda dushmanni masofadan turib yo‘q qilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiya doirasida sodir bo‘lgan so‘nggi voqealar.

Mudofaa vazirligi hisoboti:

Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi Xarkov viloyatining Dvurechnaya va Sinkovka aholi punktlari hududlarida dushmanning 65 nafar harbiy xizmatchisi, ikkita zirhli jangovar mashinasi va bitta pikapini yo‘q qildi.
Xarkov viloyatining Orlyanskoe, Kraxmalnoe, Lugansk Xalq Respublikasining Novoselovskoe va Stelmaxovka aholi punktlari hududlarida 4ta diversion-razvedka guruhlari harakati to‘xtatildi.
Xarkov viloyati, Ternovaya qishlog‘i yaqinida Ukraina Qurolli kuchlarining 67-mexanizatsiyalashgan brigadasining o‘q-dorilar ombori vayron qilingan.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlari guruhi LXRning Nevskoe, Chervonaya Dibrova va DXRning Grigorovka aholi punktlari hududlaridagi dushmanning 80 tagacha harbiy xizmatchilari, ikkita BMP va D-20 gaubitsasini yo‘q qildi.
Donesk yo‘nalishi Artyomovskda hujum otradlari shahrining g‘arbiy qismida dushmanni yo‘q qilish bo‘yicha faol operatsiyalarni davom ettirmoqda.
Havo-desant qo‘shinlari, armiya aviatsiyasi hujum otradlarini harakatlarini qanotlardan himoya qilmoqda. Dushmanning u yerga zahira yetkazib berishga urinishlarini oldi olinmoqda.
DXRning Bogdanovka, Krasnoe va Stupochki aholi punktlari hududlarida "Janub" qo‘shinlar guruhining artilleriyasi Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalariga zarba berdi.
Artyomovsk shahri hududida kun davomida aviatsiya tomonidan 9ta jangovar parvoz amalga oshirildi va artilleriya tomonidan 62 ta o‘t ochish nuqtalarini bostirish missiyasi bajarildi.
Artyomovskda kun davomida dushman yo‘qotishlari 360 nafargacha harbiy xizmatchilar va yollanma askarlar, 7ta BMP, 8ta zirhli jangovar mashina, yettita boshqa texnikasi, D-20 gaubitsasi, shuningdek, ikkita "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya majmuasini tashkil qildi.
Janubiy Donesk va Zaporojye yo‘nalishlarida "Sharq" qo‘shinlar guruhi DXRning Ugledar, Pavlovka, Novodanilovka va Zaporoje aholi punktlari hududlarida dushmanning 120 dan ortiq harbiy xizmatchilari, zirhli jangovar mashinasi, 9 ta turli texnikasi, D-20 va "Msta-B" gaubitsalari, shuningdek, "Akatsiya" o‘ziyurar artilleriya majmuasi yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishida o‘tgan kun davomida dushmanning 20 nafargacha harbiy xizmatchisi, AQShda ishlab chiqarilgan bitta M777 artilleriya moslamasi yo‘q qilindi.
Rossiya armiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi UQKning 124 ta pozitsiyada joylashgan 98 ta artilleriya bo‘linmalariga zarba berdi.
DXRning Selidovo aholi punkti hududida Ukrainaning S-300 zenit-raketa majmuasini nishonga oluvchi radar stansiyasi yo‘q qilindi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari Xarkov viloyatining Nejdanovka, LXRning Kuzemovka, Topoli, Lisichansk, DXRning Vasilivka, Kirilovka, Torskoe, Zaporojye viloyatining Novoukrainskoe, Basan, Lyubimov, Xerson viloyatining Knyaz-Grigorovka aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 15 ta uchuvchisiz apparatlarini urib tushirdi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina Qurolli kuchlari jami 411 ta samolyot, 228 ta vertolot, 3849 ta uchuvchisiz uchish apparati, 415 ta zenit-raketa majmuasi, 8849 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 1094 ta ko‘p raketa tizimlarining jangovar texnikasi, 4655 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 9762 dona maxsus harbiy mashinalarini yo‘qotdi.