O‘zbekistonda "Magnit Kosmetik" do‘konlari soni ko‘payadi

“Magnit” riteyleri shu yilning o‘zida O‘zbekistonda "MCosmetic"ning yangi do‘konlarini ochadi va ularning sonini 80 taga yetkazadi.
Sputnik
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Rossiyaning “Magnit” riteyleri 2023-yilda O‘zbekistondagi "MCosmetic" ("Magnit Kosmetik") do‘konlari sonini 80 taga yetkazadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

“Magnit” ... 2023-yilda O‘zbekistonda "MCosmetic" drogeri do‘konlari tarmog‘ini 80 taga yetkazishni hamda mamlakat hududlarida faoliyatini kengaytirishni rejalashtirmoqda”, — deyiladi xabarda.

Aniqlik kiritilishicha, hozir Toshkent shahri va Toshkent viloyatida kompaniya do‘konlari bor. Respublikada 20 ta "MCosmetic" savdo nuqtalari mavjud.

Kompaniya yil oxirigacha Farg‘ona, Samarqand, Namangan, Marg‘ilon kabi shaharlarda "Magnit" do‘konlarini ochishni rejalashtirmoqda.

"Magnit" birinchi "MCosmetic" do‘konini O‘zbekistonda bir yil avval – 2022-yil aprelida ochgan edi.
“Magnit Markaziy Osiyo” bosh direktori Denis Kosachenkoning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya ushbu bozorda rivojlanish uchun katta imkoniyatlarni ko‘rmoqda.
"MCosmetic" - nooziq-ovqat mahsulotlari, shu jumladan, kosmetika, parfumeriya, maishiy kimyo, gigiyena vositalari, bolalar, uy va hayvonlar uchun mahsulotlar sotiladigan do‘konlar.
"MCosmetic" do‘konlarining o‘rtacha sotuv maydoni taxminan 250 kvadrat metrni tashkil etadi, assortimentga 7-8 ming dona tovarlar kiradi, jumladan, taniqli o‘zbek, rus va jahon brendlari mahsulotlari. "MCosmetic" o‘z assortimentiga halol mahsulotlarni ham kiritgan.