Bayden 2024-yilgi prezident saylovida ishtirok etishini rasman e’lon qildi

AQShda navbatdagi prezident saylovi 2024-yil noyabrida bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden 2024-yilda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi prezident saylovida ishtirok etish niyatida ekanini rasman ma’lum qildi.
"AQSh prezidenti lavozimiga qayta saylanish uchun o‘z nomzodimni qo‘yapman”, - deya yozdi Bayden o‘zining Twitter’dagi sahifasida.
Jo Bayden AQShning 46-prezidenti. Hozir u 80 yoshda.
AQSh vitse-prezidenti Kamala Harris ham qayta saylanish niyati borligini ma’lum qildi.
AQShda navbatdagi prezident saylovi 2024-yil noyabrida bo‘lib o‘tadi. Oq uyning sobiq rahbari Donald Tramp ham prezident lavozimi uchun kurashishini ma’lum qilgan.