TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Toshkentda 28-aprel kuni "Avtomobilsiz kun" tadbiri o‘tkaziladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, tadbir insonlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida o‘tkaziladi. Shuningdek, atrof-muhitda barqarorlikni saqlash, tabiatga zaharli gazlar chiqishini imkon qadar kamaytirish ham maqsad qilingan.
"28 aprel kuni ham poytaxtimizning turli hududlarida "Avtomobilsiz kun" tadbirlari o‘tkaziladi", - deyiladi xabarda.
Bu kun doirasida shaxsiy avtomobillarda harakatlanishni kamaytirish, aholi orasida jamoat transportidan va velosipeddan foydalanishning hamda piyoda yurishning afzalliklari targ‘ib etiladi.
Dunyoda "Avtomobilsiz kun" tadbiri 1995-yildan buyon o‘tkaziladi. Jahon uzra ommalashganganiga esa 23-yil bo‘ldi.