Ramshtayn — AQSh va NATOning “Ukraina loyihasi”ni saqlab qolishga qo‘shgan so‘nggi hissasi

Kiyev qanchalik kutayotganiga qaramay, Ramshtayn aviabazasida “donor davlatlar” Ukraina Qurolli kuchlariga NATO qiruvchi samolyotlari va uzoq masofali raketalarni yetkazib berishga yana bir bor jur’at eta olmadi, qurol-yarog‘ oqimini o‘n barobar oshirish niyati ham yo‘q.
Sputnik
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. “Mustaqil Ukraina kemasi” cho‘kmoqda va ukrainalik qo‘g‘irchoqlar qo‘li orqali “Rossiya ustidan g‘alaba” nomli umidsiz loyihaga G‘arbning fidokorona sarmoya kiritishi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi.
Germaniyadagi Ramshtayn aviabazasida 21-aprel kuni Kiyev rejimining 50ta “donor davlatlari” 11-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Pentagon rahbari Lloyd Ostin va AQSh armiyasi qarorgohlar boshliqlari qo‘mitasi raisi Mark Milli “olg‘a o‘sish” va missiyaning ahamiyati bilan ishtirokchilar ruhiyatini ko‘tarishga harakat qilishdi, ammo Ukraina harbiy harakatlar teatrining haqiqati, raqamlar va faktlar optimizm uyg‘otmaydi. Yaqinda “donorlar” Ukrainaga “230 tadan ortiq tank va 1550 ta zirhli texnika, shuningdek, ukrainaliklarga to‘qqizta yangi zirhli brigadalarni qo‘llab-quvvatlashga imkon beradigan boshqa jihozlar va materiallar” yetkazib berdi.
Zirhli transport vositalari eski va maxsus harbiy operatsiya hududida UQK muvaffaqiyatga erishishi uchun kamlik qiladi. Kuzgacha Kiyevga va’da qilingan ta’mirlangan korpusli Amerika M1A1 Abrams tanklari (AQSh armiyasidan 31 dona) maxsus harbiy operatsiya hududidagi kuchlar muvozanatiga ta’sir qila olmaydi.
“Bahorgi hujum” uchun AQShda “bir oz tayyorgarlikdan” o‘tgan 11 ming ukrainalik askar ham xuddi shunday – ta’sir ko‘rsata olmaydi. Kiyevda operativ faoliyat uchun yetarli kuch va vositalar yo‘q, G‘arb esa qurbonlik talab qilmoqda.
Zirhli transport vositalarini cheklangan miqdorda yetkazib berish va bir necha o‘n minglab ukrainalik “gladiatorlar”ni tezkor tayyorlovdan o‘tkazish yordamida jangovar harakatlar oqimin iAQSh va NATO “jonlantirish”ga astoydil harakat qilmoqda. G‘arbda Rossiya iqtisodiyoti “uzoq urushga dosh bera oladi, ammo shiddatli urushga emas”deb hisoblashadi. Shu bilan birga, The Economist nashrining fikricha, pul xarajatlari jangovar harakatlarga to‘sqinlik qilmaydi, chunki Moskva o‘zining iqtisodiy muvozanatini saqlab qoldi va bir yilda maxsus harbiy operatsiyaga atigi 5 trillion rubl yoki YaIMning 3 foizini sarfladi. Xuddi shu davrda Rossiya juda katta miqdordagi harbiy texnika ishlab chiqardi va 2023-yilda mavjud 12 000 ta tank armadasidan tashqari yana 1500 ta tank ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu hali hammasi emas.

G‘arb yetkazib bergan 230ta tank va 1550ta zirhli transportnig harbiy harakatlar teatridagi samog‘ini oqilona baholash uchun bir narsani hisobga olish kerak — 2022-yil 24-fevraldan beri Rossiya qo‘shinlari dushmanning 8820 dan ortiq zirhli texnikasini, shu jumladan, 3000 tagacha tankni yo‘q qildi. Rossiyaga qarshi jangda G‘arb mag‘lubiyatga mahkum. Qo‘g‘irchoq Kiyev rejimi halokatga uchrashi muqarrar. Ukraina mojarosi AQShva NATO qo‘shni mamlakatlariga faqat urush, o‘lim va halokat olib kelishini tasdiqlamoqda.

Kengayish, soxtalik va haqorat

Ukraina uzoq vaqtdan beri G‘arbdan Amerikada ishlab chiqarilgan F-16 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berishini talab qilib keladi. Buni o‘tgan juma kuni Ramshtayn aviabazasida “donor davlatlar” 11-marta rad etdi. NATO samolyotlari UQK uchun ushalmas orzusi bo‘lib qolmoqda, shunga qaramay, bir nechta ukrainalik harbiy uchuvchilar 23-aprel kuni AQSh harbiy-havo kuchlarining Arizonadagi bazasiga go‘yoki ularning tayyorgarligini baholash uchun tashrif buyurishdi. Aynan shu yerda Amerikaning F-16 qiruvchi uchuvchilari tayyorlanmoqda. O‘sish mantig‘i Vashingtonni (ertami kech) NATO qiruvchi samolyotlarini Kiyev rejimiga o‘tkazishga undamoqda. Kelajakda nima bo‘lishidan qat’i nazar, UQK uchuvchilarini tezkor tayyorlashning iloji yo‘q–Amerika texnikalari qurol tizimlari va jangovar taktikalari bilan MiG-29 dan jiddiy farq qiladi. Unda jang qilish uchun uzoq yillik mashqlar va yuzlab parvoz soatlari kerak.
Boshqa tomondan, Polsha va Slovakiya tomonidan Ukrainaga yuborilgan ko‘plab MiG-29 samolyotlari yomon ahvolda bo‘lgani uchun ehtiyot qismlarga jo‘natilgan. Shuning uchun, Ramshtayn aviabazasida F-16 ning sovet analoglari mavzusi ko‘tarilmadi. Ukraina havo mudofaasini kuchaytirish muqobil ustuvor vazifaga aylandi.
Ukrainaga Ikkinchi Jahon urushidn qolgan turli xil zenit-raketa tizimlari va zenit qurilmalari AQSh, Germaniya, Niderlandiya, Fransiya, Italiya, Norvegiya, Kanada tomonidan yetkazib berilmoqda. Ro‘yxat uzun, Ukraina havo mudofaa tizimi esa mavjud emas. Rossiyaning yuqori aniqlikdagi gipertovushli raketalaridan (dushman radarlari ularni ko‘rmaydi) yoki bir yarim tonnalik boshqariladigan bombalaridan (kuchli po‘lat qobiqli) himoya yo‘q. Ushbu achchi qhaqiqatni 40-yillik jangovar operatsiya davomida bitta dushman samolyotini urib tushirmagan bir nechta zamonaviy (tajribaviy) ZRK NASAMS havo mudofaa tizimlari yoki afsonaviy ZRK Patriot havo mudofaa tizimlari o‘zgartirmaydi.
Ramshtaynning 11-soxta yordamidan so‘ng, Ukraina tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari – jizzaki Andrey Melnik yana bir bor o‘zini tuta olmadi va G‘arbdan harbiy yordamni “o‘n baravar” oshirishni yoki YaIMning kamida bir foizini talab qildi. Darhaqiqat, AQSh va NATO Ukraina armiyasini ataylab “ochlik”da ushlab turganga o‘xshaydi.

AQShning Kiyevga 325 million dollarlik (19 apreldan) harbiy yordamining navbatdagi to‘plami asosan UQKga surunkali yetishmayotgan qurol-yarog‘lar: HIMARS uchun snaradlar, 155 mm va 105 mm artilleriya o‘qlari, tankka qarshi minalar va TOW raketalaridan iborat. AQShning Kiyev rejimiga 36 milliard dollarlik qurol-yarog‘larning yakuniy ro‘yxati ta’sirli ko‘rinadi, ammo u yerda “mo‘’jizaviy qurol” yo‘q.

G‘arbning harbiy yordami ma’nisiz va UQKni vayron qilishga mahkum qiladi. O‘tgan haftaning o‘zida maxsus harbiy operatsiya hududida 4000 dan ortiq ukrainalik harbiy halok bo‘ldi. Kiyev yo‘qotishlarning atigi 10 foizini tan oladi, qolganlarini esa bedarak yo‘qolgan deb e’lon qiladi.
Avvalroq Pentagon rahbari Lloyd Ostin va Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles Vashingtonda Ukraina muammosini xavotir bilan muhokama qilishgan – harbiy mojaroning maxsus harbiy operatsiya hududidan tashqariga kengayishi xavfi ortib bormoqda. AQSh armiyasi qarorgohlar boshliqlari qo‘mitasi rahbari Mark Millli ochiqchasiga Ukraina armiyasining 2023-yilda g‘alaba qozonishi dargumon ekanligini aytdi.