TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Ukraina so‘nggi haftada 4000 dan ortiq askarini yo‘qotdi. Bu haqda harbiy ekspert, iste’fodagi LXR podpolkovnigi Andrey Marochko RIA Novostiga ma’lum qildi.
“Ulardan atigi o‘n foizi rasman tan olingan, qolganlari bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida”, - dedi u.
Marochkoning qo‘shimcha qilishicha, Kiyev rasmiylari harbiy yo‘qotishlar haqidagi ma’lumotlarni jamoatchilik va qurbonlarning yaqinlaridan yashiradi.
“Yo‘q bo‘lgan ukrainalik jangarilarning qarindoshlari jinoiy ta’qiblar qo‘rquvi ostida o‘z yaqinlari haqida obyektiv ma’lumot olish uchun LXR va DXR ombudsmanlaridan yordam so‘rashga majbur bo‘lmoqda”, - deya qo‘shimcha qildi ekspert.
Bir kun avval Germaniyaning “Der Spiegel” nashri jurnalisti Ekxard Klyayn Artomovsk uchun janglarda Ukraina Qurolli kuchlari katta yo‘qotishlarga uchraganini ma’lum qildi.
“Politico” gazetasi AQSh rasmiylarining baholariga tayanib, mart oyi o‘rtalarida mojaro paytida 100 mingdan ortiq UQK askari, jumladan, eng tajribali askarlar halok bo‘lganini xabar qildi. Xuddi shu raqamni o‘tgan yilning noyabr oyida Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen e’lon qilgan edi. Keyinchalik bu qism uning e’lon qilingan bayonotidan butunlay olib tashlandi.