Innoprom — 2023

Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonga qadoqlash uskunalari yetkazib beradi

Innopromda birinchi shartnoma imzolandi — umumiy qiymati 14 million rubldan ortiq bo‘lgan qadoqlash liniyasi xarid qilish to‘g‘risida.
Sputnik
TOShKENT, 24 apr – Sputnik. Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonda joylashgan farmokologiya korxonasi uchun qadoqlash uskunalari yetkazib beradi. Bu haqida Rossiyaning O‘zbekistondagi Savdo vakolatxonasi xabar qilmoqda.
"Saratovning "Aurora Prodakshn Rus" kompaniyasi va "Himlabpribor" MChJ Aurora NXT idishlarni quyish liniyasini yetkazib berish bo‘yicha umumiy qiymati 14 million rubldan ortiq bo‘lgan shartnoma imzoladi. Bu Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “Innoprom. Markaziy Osiyo ” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida imzolangan ilk eksport shartnomalaridan biri bo‘ldi", - deyiladi xabarda.
Hujjatlarni imzolash marosimida Saratov viloyati hukumati raisi o‘rinbosari – Saratov viloyati sanoat va energetika vaziri Mixail Torgashin va Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili o‘rinbosari Igor Kaminin ishtirok etdi.
Avvalroq ko‘rgazma doirasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma Rossiyaning Krasnodar o‘lkasi va O‘zbekistonning Andijon viloyati vakillari tomonidan ham imzolangan edi.
Ma’lumot uchun, Toshkentda 24-26 aprel kunlari “Innoprom. Markaziy Osiyo” - uchinchi xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda turli mamlakatlarning 300 dan ortiq kompaniyalari ishtirok etmoqda, 3 ta davlat o‘z milliy stendlarini namoyish etmoqda: O‘zbekiston, Rossiya va Belarus.
Rossiya viloyatlarining 17 ta kollektiv stendlarida tashkil etilgan. Ular orasida Sverdlovsk, Penza, Novgorod, Saratov, Chelyabinsk viloyatlari, Tatariston Respublikasi va Xanti-Mansiysk avtonom okrugi va boshqalar bor. Ushbu stendlarda ko‘rgazma ishtirokchilari va mehmonlari hududiy korxonalarning yutuqlari bilan tanishishlari mumkin.