TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Statistika agentligi 2023-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, Rossiya — O‘zbekiston eksportida eng yuqori ulushga ega davlat. Uch oy mobaynida Rossiyaga 736,2 mln dollarlik mahsulot sotilgan.
Keyingi o‘rinlardan Turkiya (336,4 mln dollar) va Xitoy (334,1 mln dollar) joy olgan.
Eksportda yuqori ulushga ega bo‘lgan qolgan davlatlar quyidagilar:
Qozog‘iston – 280 mln;
Afg‘oniston – 178,2 mln;
Qirg‘iziston – 166,2 mln;
Tojikiston – 117,7 mln;
Fransiya – 97,1 mln;
BAA – 47,1 mln;
Pokiston – 44,4 mln dollar.
Avvalroq 2023-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 14,8 mlrd dollarni (eksport - 5,7 mlrd, import - 9,1 mlrd dollar) tashkil etgani xabar qilingan edi.