Minnixanov va Aripov hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi

Tatariston rahbari amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.
Sputnik
TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Tatariston rahbari Rustam Minnixanov O‘zbekistonga amaliy tashrif doirasida mamlakat bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashdi.
Peregovori delegatsii Tatarstana vo glave s Rustamom Minnixanovim s premyer-ministrom Uzbekistana Abdulloy Aripovim.

“Bu oddiy bo‘lmagan damlarda biz samarali savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sheriklikni saqlab qoldik va hamkorlikni mustahkamlashda davom etmoqdamiz”, - dedi Minnixanov uchrashuv chog‘ida.

Tatariston rahbari o‘zaro manfaatli hamkorlikning ijobiy namunalari sifatida bugun Jizzaxda ishga tushirilgan loyihalarni keltirib o‘tdi.
Peregovori delegatsii Tatarstana vo glave s Rustamom Minnixanovim s premyer-ministrom Uzbekistana Abdulloy Aripovim.
U O‘zbekiston tomonining ko‘magi bilan Jizzaxda KFU filialining tibbiy ta’lim markazi va texnopark ochilganini ta’kidladi.
O‘z navbatida Abdulla Aripov o‘zaro tashriflar savdo aylanmasini oshirishga xizmat qilayotganini qayd etdi.

“Har bir tashrifingizda yangi obyektlar ochiladi. Bugun siz “Jizzax” texnoparkining ochilishida bo‘ldingiz. Umid qilamanki, u “Chirchiq” kabi muvaffaqiyatli bo‘ladi”, - dedi O‘zbekiston bosh vaziri.

Peregovori delegatsii Tatarstana vo glave s Rustamom Minnixanovim s premyer-ministrom Uzbekistana Abdulloy Aripovim.
Tomonlar energetika, avtomobilsozlik, vertolotsozlik, gaz-motor yonilg‘isi, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda hamkorlik qilish uchun hali ko‘p imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladilar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Minnixanov Jizzax shahridagi texnopark ochilishida qatnashgani xabar qilingan edi. Bu Rossiya va O‘zbekistonning ikkinchi qo‘shma texnoparki.