TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Qozog‘istonda joriy yilning iyul oyidan 4 kunlik ish haftasi joriy etiladi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, shu bilan birga, 5 va 6 kunlik ish haftalari saqlanib qoladi. Umumiy dam olish kuni yakshanbaga to‘g‘ri keladi. Qolgan dam olish kunlari jamoa shartnomasida belgilanadi.
Qayd etilishicha, qo‘shimcha ishlarning davomiyligi oyiga 12 soatdan oshmasligi kerak.