TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Endi “UZPHARMINFO” dasturi orqali dori vositalarining referent narxlarini ko‘rish va kuzatib borish mumkin. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Prezidentning tegishli qaroriga muvofiq, Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi tomonidan maxsus mobil ilova ishlab chiqildi.
Dasturni quyidagi havolaga kirib yuklab olish mumkin:
Eslatib o‘tamiz, “Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga muvofiq, 2023-yil 1-iyuldan boshlab referent narxlari qayd etilmagan yoki qayd etilgan narxdan yuqori bo‘lgan dori vositalarini sertifikatlashtirish taqiqlanadi.