TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Ikkinchi jahon urushi paytida Amerika suv osti kemasi tomonidan cho‘ktirilgan Yaponiyaning Montevideo Maru kemasi Janubiy Xitoy dengizida topildi. Bu haqda Avstraliya bosh vaziri Entoni Albaneze ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, nihoyat, 81-yil oldin cho‘kib ketgan Montevideo Maru kemasining qoldiqlari topildi.
“Kema bortida bo‘lgan 1060 asirning 850 nafari avstraliyalik harbiy xizmatchilar edi. Umid qilamizki, vayronalar topilgani haqidagi xabar ularning yaqinlariga taskin beradi”, dedi u.
Montevideo Maru kemasi 1942-yil 1-iyulda avstraliyalik mahbuslarni Papua-Yangi Gvineyadan Xitoyning Xaynan oroliga olib ketilayotganida AQSh harbiy-dengiz kuchlari tomonidan cho‘ktirib yuborilgan. Ushbu fojia Avstraliya tarixidagi eng yirik dengiz halokati hisoblanadi.