TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Issiqlik ta’minoti iste’molchilarida mavjud bo‘lmagan qarzdorlik yuzaga keldi. Bu haqda "Veolia Energy Tashkent" issiqlik ta’minoti korxonasi xabar berdi.
"Veolia Energy Tashkent" issiqlik ta’minoti korxonasi iste’molchilarning shaxsiy hisobvaraqlarida balans noto‘g‘ri ko‘rsatilgani uchun iste’molchilardan uzr so‘radi.
Qayd etilishicha, tizimdagi xatolik tufayli iste’molchilarda qarzdorlik paydo bo‘lgan.
“Tizim ishlab chiquvchilari katta hajmdagi ma’lumotlarni (jumladan, 2022-yil dekabr va 2023-yil yanvar oylari uchun qayta hisoblash ma’lumotlarini) yuklashdi va tizimda nosozlik yuzaga keldi”, deyiladi xabarda.
Ayni paytda mutaxassislar muammoning yechimi ustida ishlamoqda.
Iste’molchilar balansni solishtirish uchun kompaniyaning tuman bo‘limlariga murojaat qilishlari shart emas.