Xast Imom masjidiga hayit namoziga 10 mingdan ortiq kishi keldi – video

Toshkentdagi Xast Imom masjidida Ramazon hayiti namozini ado etish uchun 10 mingdan ortiq musulmolar to‘planishdi.
Sputnik
TOShKENT, 21 apr Sputnik. Toshkentdagi Xast Imom masjidida Ramazon hayiti namozi qanday ado etilganini Sputnik muxbiri videolavhasida tomosha qiling.
Erta tongda Toshkentdagi Xast Imom masjidida Ramazon hayiti namozini ado etish uchun, odatdagidek, 10 mingdan ortiq musulmolar to‘planishdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Ulamolar kengashi fatvosiga ko‘ra, Hayit namozi Toshkent shahrida soat 06:00 da, boshqa hududlarda namoz vaqtidagi tafovutni inobatga olib o‘qiladi.