Ramazon hayiti kuni O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘ladi

Bugun Toshkentda havo harorati +21 darajagacha ko‘tariladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
Sputnik
TOShKENT, 21 apr Sputnik. Ramazon hayiti kuni O‘zbekistonda ob-havo iliq bo‘ladi. O‘zgidromet xabariga asosan.
Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25° bo‘ladi.
Toshkenetda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 21-23° bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-18° bo‘ladi.