TOShKENT, 21 apr – Sputnik. Qozog‘iston Respublikasi janubida portlovchi qurilma yordamida amalga oshirish rejalashtirilgan teraktning oldi olindi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qozog‘iston xavfsizlik xizmatlariga asosan.
Ma’lum bo‘lishichia, jinoyatnia xorijiy davlata fuqarosi sodir etmoqchi bo‘lgan.
Qozog‘iston Milliy xavfsizlik xizmati hisobotiga ko‘ra, 2023-yil boshidan buyon radikal diniy g‘oyalar bilan bog‘liq bir necha jinoyatlarning oldi olingan.
Xususan, Ostonada yashirin diniy radikal tashkilot zararsizlantirilgan. Uning 8 nafar a’zosi terrorchilik guruhi tuzish, terrorizmni targ‘ib qilish va moliyalashtirishda gumon qilinmoqda.
Shunga o‘xshash faktlarga ko‘ra, yil boshidan buyon jami 19 kishi hibsga olingan, yana 4 nafar qozog‘istonlik turli muddatlarga qamalgan.