“Pobeda” O‘zbekistonga parvozlarni boshladi

Moskva-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftasiga ikki marta amalga oshiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Rossiyaning “Pobeda” aviakompaniyasi Moskvadan Samarqandga parvozlarni boshladi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati xabar bermoqda.
Birinchi reys Samarqandga aeroportiga bugun ertalab soat 06:00 da kelib qo‘ngan va tantanali ravishda kutib olingan.
Moskva-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftasiga ikki marta: payshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Qaytish reyslari ham haftasiga ikki marta: dushanba va juma kunlari bajariladi.
“Pobeda” Rossiyaning loukoster aviakompaniyasi, “Aeroflot – Rossiyskie avialinii” guruhining sho‘’ba korxonasi. Shtab kvartirasi Moskvaning Vnukovo aeroportida joylashgan.