Mirziyoyev Qozog‘istonning birinchi prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston yetakchisi va Qozog‘istonning birinchi prezidenti bir-birini muborak Ramazon hayiti bilan samimiy tabriklashdi.
Sputnik
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat avvalida O‘zbekiston yetakchisi va Qozog‘istonning birinchi prezidenti bir-birini muborak Ramazon hayiti bilan samimiy tabriklab, qardosh xalqlarga farovonlik, tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladilar.
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarida bugungi yuksak darajaga erishilgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.