TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Germaniya Rossiyaga hujum qilish Rossiyaning Berlindagi harbiy paradi bilan yakunlanishi mumkinligini yodda tutmog‘i shart. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ma’lum qildi.
“GFR mudofaa vaziri o‘ylamasdan Rossiya hududida harbiy operatsiya o‘tkazish haqida bir nimalarni valaqlab qo‘ydi. <…> Rossiyaga hujum qilishni istagan nemislar bizning Berlindagi paradimizga tayyor bo‘lishlari kerak”, - deya yozdi u o‘zining Twitterʼdagi sahifasida.
Shu tariqa Medvedev Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistoriusning Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan Rossiya hududida operatsiya o‘tkazishi “mutlaqo normal” bo‘lgan bo‘lardi degan so‘zlariga munosabat bildirgan.
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, Pistorius “Uchinchi reyx qo‘mondonlari shuhratiga hasad qiladi”.