Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

"Ko‘chma o‘qotar nuqta" qanday ishlaydi - video

Desanichilar dushmanni yo‘q qilgandan so‘ng, o‘t ochish chizig‘ida qanday tez paydo bo‘lgan bo‘lsa, shunchalik shiddat bilan g‘oyib bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 21 apr – Sputnik. Rossiya Havo-desant kuchlari bo‘linmalarining kvadrotsikllar yordamida dushmanning to‘plangan ishchi kuchini yo‘q qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga asosan.
Havo-desant kuchlarining tankga qarshi mobil zahirasi harbiy xizmatchilari Ukraina Qurolli Kuchlarining piyoda askarlari to‘plangan joyni yo‘q qilish vazifasini olgach, kvadrotsiklda tezkorlik bilan ko‘rsatilgan hududga yo‘l olishdi.
Desantchilar tezkorlik bilan dushman pozitsiyalariga yaqinlashib, termal tasvirlash uskunalari yordamida UQK shaxsiy tarkibi to‘plangan nuqtani aniqladilar va "Fagot" tankga qarshi raketa bilan zarba berdi.
Desanichilar dushmanni yo‘q qilgandan so‘ng, o‘t ochish chizig‘ida qanday tez paydo bo‘lgan bo‘lsa, shunchalik shiddat bilan g‘oyib bo‘ldi. Harbiyla tilida bu "Ko‘chma o‘qotar nuqta" deb ataladi.
Bunday vazifalarni faqat o‘z imkoniyatlariga ishongan professionallar amalga oshirishi mumkin, chunki kvadrotsikl o‘q va oskolkalardan himoyalanmagan. Zirh transportni og‘irlashtiradi va harakatchanlik qobiliyatini cheklaydi.
"Ko‘chma o‘qotar nuqta" qanday ishlaydi