TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Farg‘ona shahrida ikki ishchini tom bosim qoldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 20-aprel kuni shahardagi “Simtepa” MFY Hidoyat ko‘chasida joylashgan xonadonlarning birida ro‘y bergan. Ta’mirlash ishlari uchun kelgan mavsumiy ikki ishchini uyning tom qismi bosib qilgan. Bunga ularning ehtiyotsizligi sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Voqea joyiga zudlik bilan viloyat FVB qutqaruvchilari yetib borgan va bu fuqarolar hayotini saqlab qolgan.
Hozir ularning ahvoli yaxshi. Tez orada shifoxonadan chiqishadi.