TOShKENT, 21 apr – Sputnik. AQSh Ukrainada yadro quroli joylashtirganmi deb murojaat qildi, Oq Uy siyosatini muntazam tanqid qilib kelayotgan Fox News telekanali boshlovchisi Taker Karlsson.
Yaqinda Oq Uy g‘alati bayonot bilan chiqdi. “Zaporojye AESida AQShga tegishli nozik yadroviy texnologiyalar bor. Rossiya ularga zinhor tegishi mumkin emas”, - deyilgan edi bayonotda. Telekanali boshlovchisi ushbu bayonotda juda hayratga tushdi.
Ukraina kabi notinch, ishonchsiz mamlakada AQSh qanday nozik yadroviy texnolongiyalarini joylashtirishi mumkin? U yerda urush bo‘layotganini hisobga olsa, atom bombasi bilan bog‘liq texnologiyalar haqida gap ketmoqdami, - degan savollar bilan murojaat qildi Karlsson harbiy ekspertga telekanal efiri orqali.
Shu o‘rinda boshlovchi, AQSh rahbariyati bir necha yil davomida amerikaliklarni Ukrainada AQShning hech qanday biologik laboratoriyalari yo‘q, deb ishontirib kelishganini esga oldi. Rossiya maxsus operatsiyasi boshlanganidan so‘ng, bir necha biolaboratoriyalar va ular bilan bog‘liq hujjatlar Rossiya qo‘liga tushdi. Shundan so‘ng Viktoriya Nuland, rasman “Ha u yerda bizning bir necha biologik laboratoriyalarimiz bor” deb tan olganini esladi.