TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Ukrainaning Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilishiga yo‘l qo‘ymaslik avvalgidek Rossiya maxsus operatsiyasining maqsadlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Shubhasiz, chunki aks holda bu mamlakatimiz xavfsizligi uchun jiddiy, sezilarli xavf tug‘diradi”, - dedi Kreml vakili tegishli savolga javob berayotib.
Rossiya maxsus operatsiyasi
Rossiya 2022-yil 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi. Shuningdek, Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.