TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) mamlakatlari favqulodda vaziyatlar xizmatlari rahbarlarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishi 2025-yilda Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda RIA Novosti agentligiga Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
“ShHTga a’zo davlatlar idoralari rahbarlarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha o‘n ikkinchi yig‘ilishi 2025-yilda Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tadi”, — deyiladi xabarda.
Nyu-Dehlida 11-yig‘ilish doirasida Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari Aleksandr Kurenkov Xitoy favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari Suy Szaay bilan uchrashuvda suv toshqinlari va yong‘inlarning oldini olish va bartaraf etishda chegara hududlarida o‘zaro hamkorlikni muhokama qildi.
ShHT favqulodda vaziyatlar idoralari rahbarlarining yig‘ilishiga Hindiston ichki ishlar vaziri Amit Shoh raislik qilmoqda.
Ishtirokchilar 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda yordam ko‘rsatish bo‘yicha ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini muhokama qiladi va tasdiqlaydi.