Ramazon hayiti kuni metro vaqtliroq ish boshlaydi

Hayit kuni metro poyezdlari doimiy jadval asosida soat 04:00 dan ish boshlaydi.
Sputnik
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Ramazon hayiti kuni metro vaqtliroq ish boshlaydi. Bu haqda Toshkent metropoliteni xabar berdi.
Qayd etilishicha, hayit kuni metro poyezdlari doimiy jadval asosida soat 04:00 dan ish boshlaydi.
Mavzuga oid ma’lumotlar Telegram kanalimizda. Obuna bo‘ling va yangiliklarni kuzatib boring.
Shuningdek, boshqa dam olish kunlari metro poyezdlari yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan harakatlanadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda bu yil Ramazon hayiti 21-aprel kuni nishonlanadi va hayit munosabati bilan 21, 22, 23 va 24-aprel dam olish kunlari bo‘ladi.