O‘zbekistonda Ramazon hayiti kuni aniq bo‘ldi

Respublikada Ramazon hayiti 21-aprel, juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qaror qabul qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. O‘zbekistonda Ramazon hayiti 21-aprel kuni nishonlanadi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi ma’lum qildi.
Bu mavzuga oid ma’lumotlar Telegram kanalimizda. Obuna bo‘ling va yangiliklarni kuzatib boring.
O‘zbekiston musulmonlari idorasida Ramazon oyi va hayitini aniqlash uchun tuzilgan Ishchi guruhi xorijdagi nufuzli astronomiya markazlari va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Astronomiya institutidan olgan ma’lumotlarga ko‘ra, 1444 hijriy yil Shavvol oyining yangi oy fazasi (hiloli) shu yil 20-aprel, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:12 da sodir bo‘lgan (tug‘ilgan).
"O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi islom dini ta’limotlari va mazkur astronomik ma’lumotlarga asoslangan holda respublikada joriy yilda Ramazon hayiti 2023-yil 21-aprel, juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qaror qabul qildi" - deyilgan xabarda.
Ramazon hayiti kuni poytaxtda maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi. Mazkur avtobus yo‘nalishlari soat 04:00 dan 07:00 ga qadar harakatlangan holda fuqarolarning masjidlarga kelib ketishlari uchun xizmat ko‘rsatadi.
Hayit kuni metro poyezdlari doimiy jadval asosida soat 04:00 dan ish boshlaydi. Shuningdek, boshqa dam olish kunlari metro poyezdlari yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan harakatlanadi.

Mavzuga oid:

Ramazon hayitida sunnat bo‘ladigan amallar
Zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi
Laylatul qadr qanday kecha?